Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14 sentyabrda imzolangan"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan хавфсиз, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning 6ta asosiy yo‘nalishi belgilanmoqda.
Jumladan:
- tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va o‘zbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlanadi;
- xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar beriladi;
- mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyoti kengaytiriladi, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi;
- mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar reintegratsiya qilinadi, shu jumladan ularning bandligi ta’minlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari rag‘batlantiriladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallarining ishi quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi;
- hududiy filial rahbarlari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yordamchilari hisoblanadigan bo‘ldi;
- hokimliklar mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘radi;
Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:
- xorijiy ish beruvchilar va ularning vakillari bilan bevosita kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan fuqarolarni ishga yuborish;
- xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar o‘rnatish va muzokaralar o‘tkazish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan grantlarini jalb qilish.