AQSH prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melaniya Tramp bilan birgalikda koronavirus yuqtirib olishgani haqida xabar berdi.
«Bugun birinchi xonim va men COVID-19 ga topshirgan sinovlarimiz ijobiy natija berdi. Biz o‘zimizni karantinga olamiz va darhol davolanish jarayonini boshlaymiz. Biz buni birgalikda yengib o‘tamiz!» — deb yozdi u tvitterda.
Tonight, @FLOTUS and I tested positive for COVID-19. We will begin our quarantine and recovery process immediately. We will get through this TOGETHER!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) October 2, 2020
Avvalroq, prezidentning eng yaqin maslahatchisi Xoup Xiksda COVID-19 anqlangani haqida xabar berilgan edi. U Tramp bilan Klivlend va Minnesotada bo‘lib o‘tgan saylovoldi safarlarida qatnashgan edi.