Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 13 oktyabr kunidan kuchga kiradi:
- 1 AQSH dollari 24,80 so‘mga ko‘tarilib, 10 364,48 so‘mni tashkil etmoqda;
- 1 Yevro 144,09 so‘mga qimmatladi va 12 254,96 so‘mga baholanmoqda;
- 1 Rubl 2,76 so‘mga ko‘tarildi va 135,03 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi 18 so‘mga qimmatlab, jami 10 339 so‘mni tashkil qilgandi.