O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sadir Japarov nomiga Qirg‘iziston bosh vazir etib tayinlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston hukumat portalida xabar berildi.
Tabrik maktubida Qirg‘iz Respublikasi bosh vaziri Sadir Japarovga o‘zaro manfaatli hamkorlikni barcha yo‘nalishlarda kengaytirishiga, shuningdek, ikki qo‘shni mamlakatlari va xalqlari manfaati uchun strategik sheriklikni yanada mustahkamlashiga umid bildirilganligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti tomonidan Sadir Japarov bosh vazir etib tayinlangandi.
15 oktyabr kuni esa Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqishini e’lon qildi.