Favqulodda holatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar qilishicha, 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:10da Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi.
Yer osti silkinishi epitsentri Toshkentdan janubiy-sharqiy yo‘nalishda 292 kilometr uzoqlikda bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkentda: 2 ball (292 km);
- Namanganda: 3 ball (168 km);
- Andijonda: 3 ball (152 km);
- Farg‘onada: 4 ball (99 km);
- Gulistonda: 2 ball (276 km);
- Jizzaxda 2 ball (341 km);
- Samarqandda: 2 ballni (411 km) tashkil etdi.