27 oktyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga, 28−29 oktyabrda butun O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismi (Moskva oblasti)dan Volgabo‘yi orqali sovuq havo oqimining kirishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Seshanba va chorshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. 28−29 oktyabrda havo harorati kechasi 0−3° darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1−2° sovuq bo‘ladi, kunduzi 10−13° daraja iliq bo‘ladi.