Tojikiston prezidenti etib beshinchi marta qayta saylangan Emomali Rahmon Konstitutsiya va mamlakat xalqiga sodiqlik qasamyodini berdi, deya xabar berdi ASIA-Plus.
Emomali Rahmonga davlat rahbari ramzlari — shtandart, nishon, birinchi darajali «Sitorai prezidenti Tochikiston» (Tojikiston prezidenti yulduzi) ordeni va prezidentlik guvohnomasi topshirilganidan so‘ng, u xalqi va mamlakat Konstitutsiyasiga sodiqlikka qasamyod qildi.
Eslatib o‘tamiz, 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida qatnashish ko‘rsatkichi 85,39% ni tashkil qildi va Emomali Rahmon 90,92% ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.