Bu yilning yanvar-sentabr oylarida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 161 tani tashkil etdi. Ta’kidlanishicha, 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 132 tani, 2015 yilda 152 tani tashkil etgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr holatiga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi. Ma’lumot uchun: 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 145 tani, 2015 yilda 234 tani tashkil etgan.
Ta’kidlash joizki, so‘ngi 10 yil ichida aholining yengil avtomobillar bilan ta’minganligi deyarli ikki (2,3) baravarga oshdi. Bu yilning yanvar-cyentyabr oylarida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni 48 tani tashkil etsa, 2010 yilda ushbu ko‘rsatkich 21 taga to‘g‘ri kelgan.
Aholining uzoq muddat foydalanadigan buyumlar bilan ta’minlanganligi (100 ta uy xo‘jaligiga):
2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 yanvar-iyun | |
Televizorlar | 146 | 151 | 152 | 153 | 154 | 155 | 160 | 161 |
Sovutgich va muzlatgichlar | 100 | 101 | 101 | 102 | 101 | 103 | 106 | 108 |
Konditsionerlar | 29 | 30 | 32 | 34 | 34 | 35 | 39 | 45 |
Elektr changyutgitchlar | 51 | 51 | 53 | 54 | 54 | 55 | 58 | 61 |
Shaxsiy kompterlar | 32 | 37 | 47 | 49 | 50 | 52 | 55 | 57 |
Kir yuvish mashinalari | 78 | 78 | 79 | 80 | 80 | 81 | 89 | 90 |
Mobil telefonlar | 210 | 228 | 234 | 246 | 257 | 262 | 282 | 284 |
Yengil avtomobillar | 35 | 41 | 42 | 43 | 44 | 44 | 47 | 48 |
Respublikada uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada o‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joylarning umumiy maydoni 2011 yilning 1 yanvariga nisbatan 15,0 kv.m dan 16,0 kv.m (1,0 kv.m) ga ko‘paygan. Bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy bilan ta’minlanish darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm (24,5 kv.m) va eng kichik ko‘rsatkichi esa Andijon (10,3 kv.m) viloyatlarida qayd etilmoqda.