UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotilayotgan import qilingan AI-95 narxi 6600 so‘mdan 6300 so‘mga arzonlashtiriladi, deya xabar qildi «O‘zbekneftgaz» kompaniya matbuot xizmati.

«Bizni korxona bozor munosabatlariga to‘liq amal qilib boradi mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxi ham albatta kamaytiriladi. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi», — dedi UNG Petro korxonasi direktori Mirzohid Musayev.

Eslatib o‘tamiz, 15 sentyabrdan boshlab UNG AYOQSHlarida import va mahalliy Ai-92 benzini narxi 5500 so‘mga qadar arzonlashtirilgan edi.