Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Qurbanov Murad Ismailovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tibbiyot fanlari nomzodi Murad Qurbanov Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Respublika onkologiya dispanseri bosh shifokori singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Ma’lumot uchun, ushbu lavozimda may oyidan beri tibbiyot fanlari doktori Atadjan Xamrayev ishlab kelayotgan edi. Uning qayerga ishga o‘tgani to‘g‘risida hozircha ma’lumot berilmadi.