Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Unga muvofiq, tajriba sifatida umumiy ta’lim muassasalarini keyinchalik kengaytirish huquqi bilan 5 yilga xususiy sektorning ishonchli boshqaruviga o‘tkaziladi. O‘z navbatida, davlat byudjetidan ta’lim muassasalarini ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilmaydi.
Xususiy mulkdor quyidagi majburiyatlarni bo‘yniga oladi:
- Bolalar uchun bepul ta’lim berish;
- Binolarni ta’mirlash;
- Moddiy-texnik bazani mustahkamlash.
Bundan tashqari, bo‘sh binolar va yerlar boshqaruvchiga sport yoki madaniyat muassasalarini tashkil etish uchun ajratiladi.