2021 yil 1 yanvardan boshlab maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish tartibi hokimlar boshchiligidagi mahalliy xalq deputatlari kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bu prezidentning 6 noyabrdagi (PF-6108) «O‘zbekistonning yangi rivojlanish davrida ta’lim va tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmonida keltirilgan.

Bunda:

  • hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan ko‘rsatilgan maktab direktorlarining bo‘sh lavozimlariga nomzodlar tuman (shahar) kengashlari tomonidan tanlov orqali tanlanadi;
  • maktab direktori lavozimiga nomzodlar ushbu tanlovda o‘zlarining maktablari faoliyatini keyingi uch yil ichida yuqori darajaga ko‘tarish dasturi bilan qatnashadilar;
  • kengashlar tanlov natijalariga ko‘ra eng yaxshi uch yillik dasturlarning ishlab chiquvchilarini tanlaydilar va tegishli lavozimlarga tayinlash uchun hududiy xalq ta’limi bo‘limlariga topshiradilar;
  • kengash tomonidan tanlangan nomzodlar umumta’lim maktablari direktorlari lavozimiga hududiy xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan tayinlanadi;
  • yil oxirida umumta’lim maktablari direktorlari kengash va jamoatchilik vakillari oldida uch yillik dasturning bajarilishi to‘g‘risida hisobot berishadi, ushbu hisobot natijalariga ko‘ra kengash o‘z faoliyatini baholaydi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalarining rahbarlari, tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari bir vaqtning o‘zida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek tumanlar (va shaharlar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari hisoblanishadi.

«Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilov ta’lim tizimini mahalliy ta’lim organlari va ta’lim muassasalari mahalliy ijro hokimiyatidan ajratish kerakligini va tegishli vazirlikka ta’lim muassasalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunishini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan edi. Mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov Halq ta’limi vazirligining yangi rahbariyatini tanishtirishda maktablarni mahalliy hokimliklarga bo‘ysunishidan to‘xtatishga chaqirgan edi.

Avvalroq, Toshkent shahri va viloyati, Nukus va viloyatlar markazlarida smenali stavkasi past bo‘lgan maktablar xususiy sektorga ishonib topshirilishi haqida xabar berilgan edi.