Lukashenko vakolatlarning bir qismini parlament va hukumatga o‘tkazishga qaror qildi
Foto: BELTA.BY.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko vakolatlarining bir qismini parlament va hukumatga o‘tkazishga qaror qildi. «Xalq va jamiyat o‘zgarishlarni xohlaydi. Biz yaqinda parlament rahbariyati bilan kelishib oldik: prezident vakolatlarining 70−80 foizini parlament, hukumat, boshqa tuzilmalarga o‘tkazish uchun Konstitutsiya buzilmasligi kerak», — dedi prezident. Lukashenko, shuningdek, Butun Belarus xalq assambleyasigacha vakolatlarini adolatli ravishda taqsimlashga va’da berdi. Uning ta’kidlashicha, u mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, jamiyatdagi keskin masalalar bo‘yicha allaqachon bir qator qarorlar qabul qilgan. — BelTA
Buyuk Britaniyada benzinda yuradigan avtomobillarni sotish taqiqlanadi
Buyuk Britaniya benzinda yuradigan transport vositalarini sotishni taqiqlaydi. 2020 yil boshida hukumat bunday qarorni 2035 yildan, ikki yil oldin — 2040 yildan boshlab kiritmoqchi edi. Yaqin vaqt ichida bosh vazir Boris Jonson bu haqda rasman e’lon qiladi. Birlashgan Qirollik hukumati bunday taqiq elektr transport vositalari bozorini jonlantirishini va mamlakatning iqlim maqsadlarini bajarishda yordam berishini ta’kidladi. Shu jumladan, 2050 yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini nolga kamayishi ko‘zda tutilgan. — The Guardian
Misr parlamenti saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
Foto: RIA Novosti. Aleksandr Yelistratov.
Saylovlarning natijalariga ko‘ra Misrning yangi parlamentida o‘rinlarning ko‘pini hukmron «Xalq kelajagi» partiyasi egallaydi. Ushbu saylovlarda juda kam fuqaro ishtirok etdi. Agar birinchi turda 28,2% ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchi turda bu ko‘rsatkich biroz ko‘tarilib, 29,5% ni tashkil etdi. 2021 yil yanvarda faoliyatini boshlaydigan parlament mamlakat tarixidagi eng katta parlament bo‘ladi — ikki palatali parlament 900 kishidan iborat bo‘ladi. — TASS
Global Finance yashash uchun qulay bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi 10 ta shaharni e’lon qildi
Global Finance nashri yashash uchun qulay bo‘lgan dunyodagi eng yaxshi 10 ta shaharni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Tokio shahri eng qulay shahar deb topildi. Keyingi o‘rinlarda, London, Singapur, Nyu-York va Melburn kabi shaharlar turibdi. — Gazeta.uz
Peruning yangi prezidenti iste’foga chiqdi
Peruning yangi prezidenti Manuel Merino mamlakatda bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari ortidan iste’foga chiqdi. Bu haqda siyosatchining o‘zi ma’lum qildi."Shuni ma’lum qilmoqchimanki, men respublika prezidenti lavozimidan ketyapman", — deya xabar bergan u. — Gazeta.uz