Forbes vafot etganidan keyin ham daromad topishni davom etayotgan mashhur kishilar reytingini e’lon qildi.
Birinchi o‘rinni marhum xonanda Maykl Jekson egalladi. Sony bilan uzoq muddatli shartnoma unga 48 mln dollar olib keldi. Jekson ketma-ket sakkiz yil davomida eng ko‘p daromad bo‘yicha marhum yulduzlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatga 2019 yilda vafot etgan reper-xonanda Juice WRLD (u o‘limidan keyin 15 mln dollar ishlab, yettinchi o‘rinni egalladi) va joriy yilning yanvar oyida shaxsiy vertolyot halokatida vafot etgan basketbolchi Kobi Brayant kiritilgan.
- Maykl Jekson (xonanda) — 48 mln dollar
- Doktor Syuz (yozuvchi) — 33 mln dollar
- Charlz Shuls (rassom) — 32,5 mln dollar
- Arnold Palmer (sportchi) — 25 mln dollar
- Elvis Presli (xonanda) — 23 mln dollar
- Kobi Brayant (sportchi) — 20 mln dollar
- Juice WRLD (xonanda) — 15 mln dollar
- Bob Marli (xonanda) — 14 mln dollar
- Jon Lennon (xonanda) — 13 million dollar
- Prince (xonanda) — 10 mln dollar
- Freddi Merkyuri (xonanda) — 9 mln dollar
- Jorj Xarrison (xonanda) — 8,5 mln dollar
- Merlin Monro (aktrisa) — 8 mln dollar
Reytingda 2019 yil 1 oktyabrdan 2020 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan daromadlar hisobga olingan.