18 noyabr kuni O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yana bir gumanitar yuk partiyasi — 200 o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlari yetkazib berildi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.

Konteynerlardan yuqumli kasalliklar shifoxonasi quriladi. Yaqin kelajakda xuddi shu modulli inshootlarning yana bir partiyasini Qirg‘izistonga jo‘natish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonga tibbiy yuk (uskunalar va dorilar) va 3000 tonna bug‘doy yuborgan yedi. Shuningdek, o‘zbekistonlik shifokorlarni Qirg‘izistonga Covid-19 bilan kurashish va davolashda yordam berish uchun yuborish rejalashtirilgan, dedi «O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruvi raisi Xusniddin Xasilov.