Savdo-sanoat palatasi 2021 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari toifasini aniqlashning yangi tartibini taklif qilmoqda. Bu haqda palataning normativ huquqiy-hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirgan qonun loyihasida ko‘rish mumkin.
Taklif qilinayotgan yangi tartibga ko‘ra,
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari toifasiga:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- mikrofirmalar — o‘rtacha yillik xodimlar soni 10 tagacha va yillik tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tushum miqdori 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;
- kichik korxona — o‘rtacha yillik xodimlar soni 100 tagacha va yillik tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tushum miqdori 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;
O‘rta korxona — yillik xodimlar soni 250 tagacha va yillik tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tushum miqdori 15 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;
Yirik korxona — yillik doimiy xodimlar soni 250 tadan ortiq va yillik tovar (ish, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tushum miqdori 15 mlrd so‘mdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari kiradi.
Loyiha muhokamasi 3 dekabrgacha davom etadi.