Foto: Press-slujba MPK
Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Asamov investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Кириллчада
19 noyabr 2020, 12:48
Siyosat
Asamov Anvar Damirovich investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy kanali xabar berdi.
Bunga qadar Anvar Asamov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
U ushbu lavozimda Sardor Umurzakovning o‘rnini egalladi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling