Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ekspertlari Baxtiyor Ismoilov va Baxtishod Hamidov O‘zbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat va avtomobil narxiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganib chiqishdi.
ITIM ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 milliondan ortiqroq yengil avtomobillar ruyxatdan o‘tgan. Ikkilamchi bozorning hajmi yiliga taxminan 2 milliard dollarni tashkil etgan holda, har yili 400−500 mingga yaqin oldi-sotdi shartnomalari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda (qayta) ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni
(yanvar 2018=100%)
Ekspertlarning ta’kidlashicha, uzoq yillar davomida avtomobillarning narxi ularning ishlab chiqarilgan yiliga bog‘liq bo‘lmagan, ammo so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgara boshladi. Bu, asosan, yangi mashina sotib olishdagi to‘siqlarning kamayishi bilan bog‘lanmoqda.
Dastlabki tahlillarning ko‘rsatishicha, hozirgi kunda o‘rta hisobda avtoulovning bir yilga eskirishi uning narxini 600 dollarga pasaytiradi. Biroq bu hisoblash usuli avtomobilning turli xil xususiyatlarining narxga ta’sir qilish ehtimolini inobatga olmaydi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hisobga olgan holda ikkilamchi avtomobil bozorini tahlil qilish uchun internet ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashga moslashgan maxsus veb-skreyping usuli ishlatildi.
Rusumi va yillar bo‘yicha o‘rtacha avtomobil narxlari (AQSH dollarida)
(veb-skraping usuli orqali yig‘ilgan)
Marka | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 |
Chevrolet Captiva, 2 pozitsiya | 16593 | 19000 | - | 24000 | - | - | - |
Chevrolet Captiva, 3 pozitsiya | 19271 | 20122 | 20740 | 19500 | - | - | - |
Chevrolet Captiva, 4 pozitsiya | 20071 | 21143 | 24728 | 25364 | 28492 | 35000 | 36500 |
Chevrolet Cobalt, 1 pozitsiya | 7338 | 7721 | 8516 | 8472 | 8610 | 8850 | - |
Chevrolet Cobalt, 2 yevro | 8107 | 8025 | 8306 | 8043 | 9471 | 9742 | 10467 |
Chevrolet Cobalt, 2 pozitsiya | 7971 | 8150 | 8459 | 8768 | 9141 | 9647 | 10041 |
Chevrolet Cobalt, 3 pozitsiya | 8292 | 8379 | 9231 | 9236 | 8225 | 10273 | 9982 |
Chevrolet Cobalt, 4 pozitsiya | 8184 | 9029 | 9350 | 9967 | 9813 | 10595 | 11349 |
Chevrolet Damas | 6181 | 6372 | 6666 | 7150 | 7282 | 7779 | 8046 |
Chevrolet Labo | - | 7450 | 8063 | 8280 | 8748 | 9186 | 9007 |
Chevrolet Lacetti | 9213 | 9262 | 10000 | 10900 | 12233 | 11235 | 12413 |
Chevrolet Lacetti, 1 pozitsiya | 8695 | 9072 | 9387 | 9728 | 10255 | 11258 | 11883 |
Chevrolet Lacetti, 1 pozitsiya | 9176 | 8936 | 9618 | 10383 | 10765 | 11271 | 11965 |
Chevrolet Lacetti, 2 pozitsiya | 9009 | 9215 | 10000 | 10100 | 10889 | 11105 | 11833 |
Chevrolet Lacetti, 3 pozitsiya | 9545 | 10063 | 9680 | 11554 | 11853 | 12757 | 13881 |
Chevrolet Malibu 2 | - | - | - | 23978 | 26212 | 27457 | 28051 |
Chevrolet Malibu, 2 pozitsiya | 14977 | 15466 | 16493 | 22700 | 27438 | 23934 | 28857 |
Chevrolet Malibu, 3 pozitsiya | 16033 | 16900 | 17750 | 28000 | 26350 | 26789 | 28352 |
Chevrolet Matiz | 4688 | 4470 | 4283 | 5554 | 5042 | - | - |
Chevrolet Matiz Best, 2 pozitsiya | 5100 | 4813 | 6000 | 5433 | 5189 | - | - |
Chevrolet Matiz Best, 3 pozitsiya | 4543 | 5063 | 5404 | 5513 | 5108 | - | - |
Chevrolet Matiz, 1 pozitsiya | 4394 | 4493 | 4055 | 4862 | 5216 | - | - |
Chevrolet Matiz, 2 pozitsiya | 4435 | 4504 | 4765 | 5180 | 4875 | 6000 | - |
Chevrolet Matiz, 3 pozitsiya | 4812 | 4746 | 4580 | 5367 | 5667 | 5792 | - |
Chevrolet Matiz, 4 pozitsiya | 4639 | 4942 | 5275 | 5271 | 5950 | - | - |
Chevrolet Nexia 2 | 6551 | 7259 | 6643 | 7300 | 8203 | - | - |
Chevrolet Nexia 3, 2 pozitsiya | - | - | 7816 | 7985 | 8037 | 8375 | 8819 |
Chevrolet Nexia 3, 4 pozitsiya | 9000 | 8478 | 8498 | 8907 | 9461 | 10182 | |
Chevrolet Spark, 1 pozitsiya | 5302 | 6205 | 5931 | 6000 | 7000 | - | 8165 |
Chevrolet Spark, 2 yevro pozitsiya | 5989 | 6127 | 6859 | 6955 | 6968 | 7321 | 7776 |
Chevrolet Spark, 2 pozitsiya | 5932 | 6027 | 6311 | 6515 | 6843 | 7124 | 7500 |
Chevrolet Spark, 3 pozitsiya | 6022 | 6235 | 6336 | 7140 | 7528 | 7714 | 8714 |
Chevrolet Spark, 4 pozitsiya | 6050 | 6672 | 8167 | 7413 | 7863 | 8565 | 8846 |
Chevrolet Tracker, 2 pozitsiya | - | - | - | - | 17000 | 18948 | 19814 |
Daewoo Damas | 5000 | - | - | - | - | - | 7782 |
Daewoo Lacetti | 9500 | 8217 | 9487 | 9094 | - | - | - |
Daewoo Matiz (Standart) | 4363 | 4441 | 4583 | 5050 | - | - | - |
Daewoo Matiz Best | 4550 | 5000 | 5500 | - | - | ||
Daewoo Nexia | 5936 | 5761 | 6200 | - | - | - | 8429 |
Daewoo Nexia II | 6364 | 6529 | 6543 | - | - | - | - |
Kia Carnival | - | 22915 | 27199 | 26500 | 32833 | 35000 | 37500 |
Ravon Nexia R3 | - | - | 8205 | 8028 | 8487 | 8098 | 10079 |
Ravon R4 | 7908 | 8200 | 9500 | 9094 | 9570 | 10014 | 10534 |
VAZ (Lada) Largus | 9061 | 10455 | 11214 | 12249 | 12825 | 13918 | 13624 |
VAZ (Lada) Vesta | - | 8200 | 10500 | 10669 | 11429 | 12507 | 13382 |
VAZ (Lada) Niva | 8000 | 7129 | - | 11584 | 10200 | 10800 | 12140 |
Ma’lumotlar tavsifi
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, marka, rang, sotilish joyi va boshqa jihatlari bir xil bo‘lgan va faqat yoshida farq qiladigan avtomobillar solishtirib ko‘rilganda, bir yilga eskirish narxni o‘rtacha 300−400 dollargacha pasayishiga olib kelishi aniqlandi.
Shu bilan birga, natijalarga ko‘ra, avtomobilning yurib o‘tgan masofasi uning narxiga sezilarli ta’sir qilmaydi. Buni ishlab chiqarilgan yili yurib o‘tilgan masofani allaqachon o‘zida aks ettirishi, shuningdek, odometrdagi raqamlarni orqaga aylantirish amaliyoti keng tarqalganligi bilan izohlasa bo‘ladi. Shunga o‘xshash fikrlar bu sohadagi boshqa mutaxassislar tomonidan ham keltirib o‘tilgan.
Avtomobilning ishlab chiqarilgan yili o‘rtacha yurib o‘tgan masofasi orasida bog‘liqlik mavjud
Manba: Internet ma’lumotlaridan foydalangan holda mualliflarning hisob-kitoblari.
Бир xil marka, pozitsiya, ishlab chiqarilgan yil, aksessuarlar bilan jihozlangan avtomobillar uchun oynalarning qoraytirilganligi narxni o‘rtacha 350 dollarga oshiradi. Bugungi kunga qadar oynani qoraytirishning eng keng tarqalgan turiga ruxsat olish uchun qariyb 220 dollar to‘lash kerak bo‘lgan, qo‘shimcha o‘rnatish xarajatlarini ham inobatga olganda bu natijalarning ishonchliligi tasdiqlanadi. Bundan tashqari, konditsioner sovutish tizimi mavjudligi avtomobil narxini 170−200 dollarga oshiradi, shuningdek, audio tizimi o‘rnatilganligi narxni qo‘shimcha 100−120 dollarga, Bluetooth imkoniyati mavjudligi 240 dollarga, premium rusumdagi avtomobillarda linzali optika o‘rnatilganligi 420 dollarga qimmatlashtiradi.
Shu bilan birga, signalizatsiyali va signalizatsiya o‘rnatilmagan bir xil xarakteristikali avtoulovlar narxlari o‘rtasida sezilarli farq topilmadi. Shunga o‘xshash parda, tuman chiroqlari, ksenon, sezgichlar, gidravlikali boshqaruv tizimi, lyuk mavjudligining narxga sezilarli ta’siri aniqlanmadi.
Bir xil parametrlarga ega bo‘lgan avtomobillar taqqoslaganda Captiva 4 va 1-pozitsiyalari narxlardagi farq 9500 dollarni, Cobalt 4 va 1-pozitsiyalari narxlardagi farq 1400 dollarni, Cobalt yevro va milliy versiya narxlardagi farq 300 dollarni, Lacetti 3 va 1-pozitsiya narxlardagi farq 700 dollarni, gazli va gazsiz Lacetti narxlardagi farq 400 dollarni tashkil etdi.
Malibu-2 va Malibu markalari o‘rtasidagi farq taxminan 9000 dollarni tashkil etdi. Matiz va Nexia-2 markalari uchun avtomobilning pozitsiyasi amalda narxga ta’sir qilmasligi aniqlandi, maksimal farq faqat 100−150 dollargacha yetishi mumkin.
Shuningdek, natijalar Nexia-2 ning DOHC va SOHC seriyasiga tegishliligi uning narxiga ta’sir etmasligini ko‘rsatadi. Spark uchun ikkilamchi bozorda 4- va 1-pozitsiyalar qiymatining farqi 1200 dollarni tashkil qildi va yevro versiya narxi 300 dollarga qimmatroqligi aniqlandi.
Har xil rusumdagi va pozitsiyadagi avtomobillarning o‘rtacha narxi
Bir xil sharoitlarda rang ham avtomobillarning narxiga ta’sir qilishi mumkin. Jigarrang, qora, nam asfalt va qizil rang narxning oshishiga olib kelishi aniqlandi.
Narxga ijobiy ta’sir qiluvchi ranglar qatorida oq rangning yo‘qligini bu rang mashinaning narxiga emas, balki likvidligini (sotib olish va sotish intensivligi) oshishiga hissa qo‘shishi bilan izohlanishi mumkin.
Ma’lumot uchun: veb-skraping (web-scraping) — internetdan ma’lumotlarni avtomatik ravishda olish va yig‘ish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minot tizimi. Veb-skraping ishlatishning eng keng tarqalgan yo‘nalishlariga veb-indekslash, elektron tijoratda narxlarni kuzatish va taqqoslash, bozor tadqiqotlari, mahsulotlarni tahlil qilish, savdo ma’lumotlarini to‘plash, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarni o‘rganish kiradi.
Olingan ma’lumotlarning manbai Uznet tarmog‘idagi elektron tijorat saytlari va savdo maydonchalari hisoblanib, taxminan 20 mingta avtomobil haqida ma’lumotlar to‘plandi. Har bir transport vositasi o‘z narxi, rusumi, pozitsiyasi, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel turi, yurgan masofasi, rangi va boshqa parametrlariga ega.
Dastlabki ma’lumotlar avtomobillarning haqiqiy tasnifiga zid bo‘lgan ma’lumotlardan tozalangandan so‘ng tadqiq qilinadigan avtomobillar soni 10 ming darajasida saqlanib qoldi.