Prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Jo Bayden prezident ma’muriyati tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlarni o‘z saylov kampaniyasi uchun yaratilgan saytida e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Bayden Davlat departamenti rahbari lavozimiga oldin Barak Obamaning ma’muriyatida faoliyat olib borgan Entoni Блинкенни tavsiya qilmoqchiligini aytdi.
Shuningdek, Jeyk Sallivan — milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi, Evril Xeyns — AQSH milliy razvedkasi direktori, Alexandro Mayorkas — ichki ishlar vaziri, Jon Kerri — atrof-muhit masalalari bo‘yicha AQSH prezidenti vakili lavozimlariga tavsiya etildi.
Evril Xeyns AQSH milliy razvedkasini boshqaradigan birinchi ayol va Kubada tug‘ilgan Alexandro Mayorkas esa Milliy xavfsizlik departamentini boshqaradigan ilk lotinamerikalik bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Baydenning AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritgani haqida e’lon qilingan edi. Ung ko‘ra, Bayden 284 ta, Trampda esa — 214 ta ovozi to‘plagan.
Rasmiy ravishda prezident sifatida Jo Bayden 19 dekabr kuni tasdiqlanadi.