The World University Rankings dunyoning eng yaxshi universitetlari yillik reytingini taqdim etdi. Bu yil reytingda 92 ta davlatdan 1400 dan ziyod universitetlar qatnashdi.
Universitetlar 13 ta ko‘rsatkich, jumladan, baholash mezoni o‘qitish samaradorligi, tadqiqotlar o‘tkazish va boshqalar bo‘yicha bolandi.
2020 yilning eng yaxshi universitetlar o‘ntaligi:
№ | Oliy ta’lim mussasi | Talabalar soni | Xalqaro talabalar ulushi, foizda | Ayollar va erkaklar nisbati |
1 | Oksford universiteti (Buyuk Britaniya) | 20664 | 41 | 46:54 |
2 | Kaliforniya texnologiya universiteti (AQSH) | 2240 | 30 | 34:66 |
3 | Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) | 18978 | 37 | 47:53 |
4 | Stenford universiteti (AQSH) | 16135 | 23 | 43:57 |
5 | Massachusets texnologiya instituti (AQSH) | 11247 | 34 | 39:61 |
6 | Prinston universiteti (AQSH) | 7983 | 25 | 45:55 |
7 | Garvard universiteti (AQSH) | 20823 | 24 | 49:51 |
8 | Yel universiteti (AQSH) | 12402 | 20 | 50:50 |
9 | Chikago universiteti (AQSH) | 13833 | 28 | 46:54 |
10 | London imperiya kolleji (Buyuk Britaniya) | 16740 | 56 | 38:62 |
MDH davlatlari orasida reytingga Rossiyaning 25 ta, Ukrainaning 6 ta, Qozog‘istonning 2 ta va Gruziyaning bitta universiteti kirgan.