«Polsha neft va gaz kompaniyasi» va Polshaning «Xalqaro birdamlik jamg‘armasi» tomonidan O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi bilan kurashish uchun beg‘araz yordam ko‘rsatilishi rejalashtirilgan edi.

24 noyabr kungi Varshava-Toshkent reysi orqali I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Polsha Respublikasi hukumati yuborgan gumanitar yuk keldi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

«Polsha neft va gaz kompaniyasi» va «Polshaning Xalqaro birdamlik jamg‘armasi» O‘zbekistonga shaxsiy himoya vositalari, tibbiy o‘lchash moslamalari va Covid-19 ga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan 300 ming AQSH dollariga teng dori-darmon vositalari bilan yordam ko‘rsatdi.

Polsha Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus harbiy samolyoti koronavirusga qarshi kurashish uchun yuborilgan vositalarni yetkazib berdi.


Bundan tashqari, yukning bir qismi Qarshi va Nukus shaharlaridagi zo‘ravonlik qurbonlari va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish uchun qurilgan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari uchun mo‘ljallangan qandolat va tikuv uskunalaridan iborat edi.

Ushbu jihoz Polshadan «Ijtimoiy chetlab o‘tish xavfi ostida bo‘lgan shaxslarning integratsiyasi» nomli «Polsha ko‘magi» doirasida rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun yetkazib berildi.

Avvalroq, Polsha Qozog‘istonga qiymati 200 000 PLN dan yuqori bo‘lgan dezinfeksiyalovchi suyuqlik va dori-darmonlarni yuborgan yedi.