Andijon shahrida fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi O. Arabov raisligida hamda sudyalar Z. Fayziyev va Sh. Rajabovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2020 yil 27 noyabrdagi hukmiga ko‘ra:

  • D. Hamraliyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • Q. Qodirov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • E. Rayimjonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • F. Husanboyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan)uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • P. Mamajonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
  • A. To‘raqulov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismi navbatchisi vazifasida ishlagan) uzil-kesil 1 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Alijon Abdukarimov Andijon IIO FMB 4-son IIBda qiynoqqa olinishini natijasida vafot etgan edi.

Jabrlanuvchi va jabrlanuvchining qonuniy vakiliga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqlari tushuntirildi.

Mazkur jinoiyat ishi bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.