30 noyabr kuni soat 7:42 da Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Istiqlol ko‘chasi, «Qirariq» MFY da joylashgan 80-sonli uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqdi, deya xabar berdi FVV matbuot xizmati.
Turar-joyning zarar yetgan qismidan I. S. (1984 y.t.), I.N. (1987 y.t.), I.R. (2006 y. t.) va I. S. (2009 y. t.) olib chiqilib, shifoxonaga yuborilgan.
Chaqnash oqibatida I.S.(1984 y.t.), I.R. vafot etgan. I.N. va I.S.(2009 y. t.) turli darajada tan jarohatlari olgan.
Chaqnashning asosiy sababi sifatida tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi taxmin qilinmoqda.
Voqea joyida Toshkent viloyati hokimligi, viloyat IIB, FVB, SSB va tegishli idoralarning kuch va vositalarini jalb qilingan bo‘lib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yangiyo‘l tumani prokuraturasi tomonidan JKning 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.