Moliya vazirligi 2021 yilda byudjet tushumlaridagi ulushi eng katta bo‘lishi kutilayotgan soliq to‘lovchilarini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yirik soliq to‘lovchilarining byudjet tushumlaridagi umumiy ulushi 47,3 foizni tashqil qilishi mumkin, ulardan:
№ | Soliq to‘lovchi | Byudjet tushumlaridagi ulushi, foizda | Miqdori, mlrd so‘m |
1 | Navoiy kon-metallurgiya kombinati | 20,1 | 29547,5 |
2 | Olmaliq kon-metallurgiya kombinati | 6,4 | 9408,1 |
3 | O‘zbekneftgaz AJ | 5,1 | 7497,1 |
4 | O‘ztransgaz AJ | 3,3 | 4851,1 |
5 | Lukoyl saplay end treding DK | 3,1 | 4557,1 |
6 | O‘zbekenergo AJ | 2,3 | 3381,1 |
7 | Uzbat AJ | 1,7 | 2499,04 |
8 | Uzauto Motors AJ | 1,5 | 2205,04 |
9 | Qizilqumsement AJ | 0,5 | 735,01 |
10 | Yunitel QK MCHJ (Beeline) | 0,5 | 735,01 |
11 | Koskom QK MCHJ (Ucell) | 0,5 | 735,01 |
12 | Uzbektelekom AJ | 0,5 | 735,01 |
13 | Uz Kor chemikal MCHJ | 0,4 | 588,01 |
14 | Shurtan gaz-kimyo majmuasi MCHJ | 0,3 | 441,01 |
15 | Toshkent vino kombinati QK MCHJ | 0,3 | 441,01 |
16 | Toshkent tobako MCHJ | 0,2 | 294 |
17 | Universal mobayl sistem (UMS) | 0,2 | 294 |
18 | O‘zbekiston temir yo‘llari | 0,2 | 294 |
19 | Oxangaronsement AJ | 0,1 | 147 |
20 | Uzmetkombinat AJ | 0,1 | 147 |
Jami: | 47,3 | 69532,1 |
2021 yilda byudjet daromadlari 13,4 foizga o‘sib (2020 yil uchun 129,6 trln so‘m), 147 trln so‘m tashkil etishi kutilmoqda.
Foto: Fuqarolar uchun 2021 yildagi byudjet loyihasi