Xayrullo Jo‘rayev Buxoro tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xayrullo Jo‘rayev ayni paytga qadar «G‘ijduvon» EIZ rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Tumanning sobiq hokimi Qahramon Do‘stov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.