3 dekabr kuni «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi prezident farmoni (PF-6122-sonli) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2021 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
- 2 sentyabr — payshanba;
- 3 sentyabr — juma.
Shuningdek, barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, quyidagi sanalar dam olish kunlari hisoblanadi:
- 2 yanvar — shanba;
- 20 mart — shanba;
- 22 mart — dushanba;
- 4 sentyabr — shanba.