SSV matbuot xizmati xabar berishicha, yana uchta shifoxona: Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettirishi belgilab berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonalar 2 dekabrdan boshlab koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishni to‘xtatadi va kasalxonalardagi davolanish davom ettirilishi talab etiladigan bemorlar tegishliligi bo‘yicha 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga o‘tkaziladi.

Infeksiyani davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalari zaxira sifatida saqlanadi.

Bemorlar chiqarilgandan keyin muassasalar o‘rnatilgan tartibda zararsizlantiriladi va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilib, mavjud tibbiy jihozlarni konservatsiya qilinadi, deyiladi xabarda.