Ukraina bosh vaziri Denis Shmыgal mamlakatda 8 yanvardan boshlab qat’iy karantin cheklovlari o‘rnatilishini ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

Karantin 24 yanvargacha e’lon qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra, Ukrainada barcha kinoteatrlar, sportzallar, savdo markazlari, kafe va restoranlar faoliyati cheklab qo‘yiladi.

Ushbu vaqt davomida o‘quv muassasalari ta’tilda bo‘lib, Ukrainada barcha ko‘ngilochar, ommaviy-ma’daniy tadbirlar taqiqlab qo‘yiladi.

Cheklovlar vaqtida jamoat transportlar faoliyati davom etadi. Shuningdek, oziq-ovqat do‘konlari, aptekalar, bank va mehmonxonalar faoliyati cheklanmaydi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Ukrainada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 868 mingga yetgan.