14 dekabr kuni Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligi bilan asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. 44 nafar arman asirlari Ozarbayjondan Armanistonga olib kelindi, deya Armaniston bosh vazir o‘rinbosari Tigran Avinyan so‘zlariga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Ushbu bosqichda Qizil xoch va Ozarbayjon tomonidan asirligi tasdiqlangan armanlar qaytib kelmoqda.
Xuddi shu kuni Qorabog‘dagi tinchlikparvar kuchlarning qo‘mondoni Rustam Muradov shaxsiy nazorati ostida 12 nafar ozarbayjonlik asirlar Rossiya samolyoti bilan Bokuga yetkazilgan va Ozarbayjon rasmiylari vakillariga topshirilgan.
Ikki hafta davomida Qorabog‘dagi rus tinchlikparvarlari qo‘mondoni Murodov Boku va Yerevan bilan «barchani barchaga» tamoyili ostida asirlar almashinuvi to‘g‘risida intensiv muzokaralar olib bordi.