17-dekabrdan boshlab Tashkent City bog‘iga bayram arafasi va yangi yil kunlarida kirish pullik etib belgilandi. Chiptalarni kassalardan xarid qilish mumkin, deya xabar bermoqda majmua ma’muriyati.
Bayram chiptalari narxi:
- 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul;
- 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 000 so‘m;
- 12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 so‘m;
- Pensionerlarga — 5 000 so‘m (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda);
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda);
- Yengil avtomobilda kirish — 20 000 so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda).
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Tashkent City XIM direksiyasi direktori Bahrom Rizayevning buyrug‘iga ko‘ra, hiyobonga kirish 10-yanvarga qadar pullik etib belgilandi.