Turkiyada hibsga olingan jurnalist Abdukarim Mirzayevning ishi bo‘yicha O‘zbekiston Bosh prokuraturasida ma’lumot yo‘q, deya ta’kidladi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov «Gazeta.uz»ga.
Unga ko‘ra, Bosh prokuraturada Abdukarim Mirzayevga nisbatan hech qanday jinoiy ish yo‘q va jurnalistning o‘zi ham qidiruvda emas.
Avvalroq «Gazeta.uz» muxbiri Istanbulda o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev «shubhali shaxslar» bilan aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingani haqida xabar bergan edi.