AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden dushanba kuni koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. Vaksinatsiya jarayoni jonli efirda namoyish etildi.

CNN xabariga ko‘ra, Nyuark shahridagi (Delaver shtati) kasalxonada Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi qo‘llandi.

Jo Baydenning rafiqasi Jill ham shu kuni emlandi. «U ukolni yaxshi ko‘radi, bilaman», — deya hazillashdi Bayden.

«Buni amalga oshirish uchun tinimsiz mehnat qilgan olimlar va tadqiqotchilarga rahmat. Sizdan juda qarzdormiz», — deb yozdi Bayden Tvitterda.

«Amerika halqi, havotirga o‘rin yo‘qligini biling. Vaksinani olishni imkoni bo‘lsa, albatta emlaning», — deya qo‘shimcha qildi u.