FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari:
- 40,19 gradus shimoliy kenglik;
- 71,66 gradus sharqiy uzunlik.
- Magnituda M=5,2.
- Chuqurlik 10 km.
Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 238 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Toshkent : 238 km, 3 ball.
- Namangan : 90 km, 4 ball.
- Andijon : 88 km, 4 ball.
- Farg‘ona : 24 km, 5−6 ball.
- Guliston : 246 km, 2 ball.
- Jizzax : 325 km, 2 ball.
- Samarqand : 405 km, 2 ball.