Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil uchun salatlar ro‘yxatini taqdim etadi.
«Yangi yil gulchanbari» salati
Yangi yil dasturxoni uchun o‘ziga xos va qiziqarli salat retseptini taqdim etamiz. Mahsulotlarning kombinatsiyasi sizni quvontiradi, tashqi ko‘rinishi esa o‘zgacha bayram muhitini qo‘shadi.
Salatlardan qilingan assorti
Aynan hozir ko‘pchilik Yangi yil dasturxoniga nimalar tayyorlasam ekan deb, o‘ylab yuribdi. Mana bunday g‘oya esa sizlarga manzur keladi degan umiddamiz.
Steyk bilan tayyorlangan iliq salat
Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste’mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib ko‘rinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi.
«Shuba ostidagi seld balig‘i» ruleti
Bu sevimli salatni bir xil ko‘rinishda tayyorlash joningizga tekkan bo‘lsa, unda bizning ruletsimon shaklda tayyorlab, yaqinlaringizni hayron qoldiring.
«Bayram» salat-torti
Bunday salatni aylana shaklda tayyorlasangiz, undagi barcha qavatlar ko‘rinib, yanada ishtahaliroq chiqadi.
Qisqichbaqa tayoqchalaridan salat
Qisqichbaqa tayoqchalaridan tayyorlangan salat ham xuddi «Olive» kabi yangi yil dasturxonidan o‘z o‘rnini egallashga ulgurgan. Bunday salat tez va oson tayyorlanib, kerakli masalliqlar esa deyarli har bir ro‘zg‘ordan topiladi.
«Olive» salati
Eng mazali va ko‘pchilikning ajralmas salatlaridan biri bu «Olive» salatidir. Bunday salatsiz hech qaysi bayramni, ayniqsa yangi yil oqshomini tasavvur etolmaymiz.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15