Koronavirusning yangi shtammi haqida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u oldingisidan 70% ga kuchliroq, ya’ni u tez tarqaladi. Ushbu shtamm hozirgacha 10ga yaqin mamlakatlarda aniqlandi.

Londonda dekabr oyida koronavirus yuqtirganlarning 60 foizida ushbu shtamm aniqlangan. Noyabrda esa bu ko‘rsatkich 28% ga teng bo‘lgan. Hozirda ushbu shtamm COVID-19'ning boshqa shtammlarini o‘rnini egallamoqda. Pandemiya davomida boshqa shtammlar ham oldingilarini siqib chiqargan. Masalan, Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan L-shtammi aholi orasida yoz oxiridan beri keng tarqalmayapti. Chunki uning o‘rnini undan keyin paydo bo‘lgan «muvaffaqiyatli» shtammlar egallashgan, deya ma’lumot berdi Reuters.

«Britancha shtamm» ning tarqalish R koeffitsiyenti 0,4 ga kuchliroq. R ko‘rsatkich bu har bir koronavirusdan kasallangan bemorning nechta insonga kasallik yuqtirganligiga qarab belgilanadi. Hozirda ushbu ko‘rsatkich butun Buyuk Britaniya bo‘ylab, joylashuv bo‘yicha 0,9 dan 1,4 gacha bo‘lib turibdi. Aslida esa R = 1 ko‘rsatkichdan yuqori hudud norma bo‘yicha xavfli sanaladi.

Hozirda ushbu shtamm o‘lim holatlarining keskinlashuviga sabab bo‘la olishi borasida aniq dalil yoki ma’lumotlar yo‘q. Ushbu shtamm hali o‘rganilmoqda. Shuningdek, olimlar ham ushbu shtammning vaksinatsiya jarayoniga, samaradorligiga jiddiy ta’siri bo‘lmaydi deyishmoqda.