Qirg‘izistonning Bishkek shahri va Chuy viloyatida 176 va 24 o‘rinli ikkita modulli shifoxona ishga tushirildi. Loyihalar O‘zbekiston tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan bo‘lib, bir oydan kamroq vaqt davomida qurib bitkazildi, deya xabar berdi Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Shifoxonlarning ochilish marosimida Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri Alыmkadir Beyshenaliyev O‘zbekistonning pandemiya paytida Qirg‘izistonga yordam ko‘rsatgan birinchi davlat ekanligini ta’kidladi.
«Agar qardosh qirg‘iz xalqi kamroq yuqumli kasalliklarga chalinsa, o‘zbek xalqi ham xavfsizlikda bo‘ladi, chunki qirg‘iz-o‘zbek chegarasi orqali har kuni 15 ming kishi o‘tadi», — dedi O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Mehriddin Xayriddinov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston homiyligida Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Qadamjay tumanida 200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilgan edi.