«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni harorat hali ham past bo‘lib, kunning o‘rtasiga kelib, havo 2−4 daraja sovuq bo‘ladi.
Dam olish kunlari kechasi havo haroratining ko‘tarilishi sekinroq bo‘ladi, kunduz kunlari esa tezlashadi.
Yakshanba kuni kechalari 1−6 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi esa havo 7−10 daraja iliqlashadi.
Shu kunlarda havo yog‘ingarchiliksiz, asosan biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning ba’zi hududlariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.