2020 yilda eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar oliy menedjment va axborot texnologiyalari sohalari bo‘lib, maksimal darajadagi oylik ish haki 30 mln so‘mga teng bo‘lgan. Bu haqda hh.uz saytidagi ma’lumotlarga tayanib Spot xabar berdi.
Keyingi o‘rinda 20 mln so‘m maksimal oylik ish haqi bilan savdo sohasi mutaxassisi turibdi. 2020 yil bo‘yicha keyingi o‘rinlarni 15 mln oylik ish haqi bilan san’at, OAV, marketing, reklama va PR, tibbiyot, farmatsevtika, ishlab chiqarish, shuningdek, qurilish kabi soha mutaxassislari egallagan.
Eng kam oylik ish haqi ishchi xodimlar va sug‘urta sohasi ishchilariga to‘g‘ri kelgan — 700 ming so‘m.
Mutaxassislik sohasi | O‘rtacha | Minimal | Maksimal |
Avtomobil biznesi | 3 518 796 | 1 156 200 | 9 299 796 |
Ma’muriy xodim | 2 262 063 | 1 005 330 | 10 540 398 |
Bank, investitsiyalar, lizing | 4 251 432 | 1 307 070 | 17 561 859 |
Xavfsizlik | 2 010 801 | 1 200 000 | 7 037 733 |
Buxgalteriya | 3 518 796 | 1 508 136 | 12 567 330 |
Oliy menedjment | 7 540 398 | 2 262 063 | 30 161 592 |
Davlat xizmati | 5 403 966 | 2 010 801 | 15 806 000 |
Xom ashyo ishlab chiqarish | 7 037 733 | 2 513 466 | 13 572 660 |
Uy ishchilari | 4 935 000 | 1 256 733 | 7 050 000 |
Axborot texnologiyalari va internet | 5 026 932 | 1 508 136 | 30 013 371 |
San’at va OAV | 3 518 796 | 1 508 136 | 15 350 979 |
O‘rnatish va xizmat ko‘rsatish | 3 619 329 | 1 508 136 | 14 709 402 |
Konsultatsiya berish | 3 770 199 | 1 256 733 | 10 219 060 |
Marketing, reklama, PR | 3 518 796 | 1 508 136 | 15 567 330 |
Tibbiyot, farmatsevtika | 4 021 602 | 1 307 070 | 15 053 864 |
Faoliyatni boshlash, talabalar | 2 010 801 | 1 000 000 | 7 880 067 |
Ilm-fan, ta’lim | 4 021 602 | 1 407 603 | 10 506 756 |
Savdo | 3518796 | 1 508 136 | 20 075 325 |
Ishlab chiqarish | 4 021 602 | 1 307 070 | 15 080 796 |
Ishchi xodim | 2 513 466 | 700 000 | 8 500 000 |
Sport klublari, go‘zallik salonlari | 3 016 131 | 1 005 330 | 8 000 000 |
Sug‘urta | 2 965 935 | 700 000 | 8 043 063 |
Qurilish | 4 021 602 | 1 508 136 | 17 556 529 |
Transport, logistika | 3 267 534 | 1 256 733 | 13 069 995 |
Turizm, mehmonxonalar va restoranlar | 3 016 131 | 90 000 (za smenu) | 10 050 000 |
Boshqaruv, treninglar | 4 021 602 | 1 809 735 | 11 561 859 |
Huquqshunoslik | 5 026 932 | 1 508 136 | 10 506 756 |