FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:02 da Afg‘onistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,43 gradus shimoliy kenglik; 70,64 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 200 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 552 km.
Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida ham sezilgan:
- Toshkent : 552 km, 2−3 ball.
- Namangan : 516 km, 2 ball.
- Andijon : 506 km, 2 ball.
- Farg‘ona : 451 km, 2 ball.
- Guliston : 479 km, 2 ball.
- Jizzax : 477 km, 2 ball.
- Samarqand : 482 km, 2−3 ball.
- Buxoro : 658 km, 2 ball.
- Termiz : 312 km, 3 ball.
- Qarshi : 505 km, 2 ball.
- Navoiy : 613 km, 2 ball.