Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, Sergeli tumani, Sputnik 4 mavzesi 40 b uy oldida jami 14 tup xar xil turdagi daraxtlar hech qanday ruxsatnomasiz ildiz qismidan qo‘porib tashlagan.
O‘rganishlar natijasida kesilgan daraxtlar Toshkent Industrial Export Center qurilish maydoniga olib kirilganligi va ulardan oltitasi ko‘chirib o‘tqazilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan o‘simlik dunyosiga jami 151 mln 194 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum qilingan va to‘plangan hujjatlar xuquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Avvalroq ushbu holat aks etgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Videoda ekskavator bilan daraxtlar kesilayotgani aks etgan.