Koronavirus qarshi kurashish maxsus komissiyasi qarori bilan, madaniyat soha vakillarining murojaatlarini inobatga olgan holda, 28 yanvardan konsert-tomosha tadbirlarini sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etishga ruxsat berildi.
Ularga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- konsert saroylarini faqat 50 foizgacha to‘ldirish;
- o‘rindiqlardan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash va bo‘sh qoladigan o‘rindiqlarni konservatsiya qilish;
- konsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xodimlar qat’iy niqobda bo‘lishi.