Samarqand davlat tibbiyot instituti talabasi N.M. fuqaro A.ni ishonchiga kirib, Qirg‘izistondagi universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish va keyinchalik Samarqand davlat universitetiga o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgani ma’lum bo‘ldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand tuman bo‘limi tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Samarqandlik talaba fuqarodan talab qilgan 5 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
U BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanilishi mumkin.