17 yanvar kuni Bektemir tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida 17 dona kompyuter texnikalari va ularning ehtiyot qismlari noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlanganligi ma’lum qilingan. Bu xaqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi «b, v,g» (o‘g‘rilik) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni psixotrop moddalar ta’sirida 29 yoshli D.O., 20 yoshli N.A. va 26 yolshi B.T.,lar sodir etganliklari aniqlandi.

Jinoiy guruh Toshkent shahrining boshqa tumanlarida joylashgan maktablarda ham o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganliklari ma’lum bo‘ldi.

Ularga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi «b, v,g» bandlari, 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (qayta sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.