Farg‘ona va Urganch shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, mamlakatda turizm va ishbilarmonlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Urganch-Farg‘ona-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 6 fevral kunlari samolyotlar qatnovlar amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali:
- Urganch — Farg‘ona — uchish 10:55da, qo‘nish 12:35da
- Farg‘ona-Urganch — uchish 14:05da, qo‘nish 15:45da.
11- fevraldan boshlab Urganch-Farg‘ona-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar muntazam ravishda payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.