Qo‘mita axborot xizmati e’lon qilgan bayonotda Azon.uz saytidagi maqolalarni o‘chirish bo‘yicha topshiriq berilmagani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo‘lagani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgani haqida ma’lum qilgan edi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatishda diniy-ma’rifiy saytlarga faqat yo‘nalish va tavsiya berishi mumkinligini aytgan.

Qo‘mita «qaysidir saytdan qandaydir ma’lumotni oldirib tashlash yoki olib tashlashga majbur qilish vakolatiga ega emas», deyiladi bayonotda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita azon.uz sayti bilan doimiy hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidlagan.