Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Senatorlar ushbu lavozimga Feruza Farxodovna Eshmatovani saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Eshmatova mazkur lavozimda Ulug‘bek Muhammadiyev o‘rnini egalladi.
Shu munosabat bilan u Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Senatorlar ushbu qo‘mitaga Malika Akbarovna Kadirxanovani sayladi.
U bunga qadar Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida faoliyat yuritayotgan edi.