Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda nonushta uchun tvorogdan tayyorlangan yeguliklar ro‘yxatini taqdim etadi.
Suluguni solib pishirilgan sirniklar
Agarda bir xil sirniklani yeyaverish me’dangizga teggan bo‘lsa, unda pishloq qo‘shiladigan, shirin bo‘lmagan mana bunday sirniklardan tayyorlab ko‘ring.
Tvorogli vatrushka
Tvorogli vatrushkalar — barchaga tanish uyda oshirma xamirdan tayyorlanadigan ajoyib pishiriq.
Tvorogli quymoqlar (blinchiklar)
Tvorogli quymoqlar — haqiqiy uy taomlaridan biri hisoblanadi. Ularni nonushtaga yoki desert sifatida dasturxonga tortishingiz mumkin.
Pishloq va tvorogli qatlamachalar
Tez tayyorlaniladigan va ishtahaochar ko‘rinishga ega bo‘lmish pishloq va tvorogli qatlamachalar kutilmagan mehmon kelganda sizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Tvorogli pishiriqlar
Tvorog qo‘shib pishiriladigan bunday pishiriqlar ko‘pchilikka bolaligidan tanish bo‘lib, u ba’zilarning sevimli pishiriqlaridan biri bo‘lsa ajab emas.
Tvorog va yogurt bilan pishirilgan bananlar
Foydali nonushta tayyorlash umuman qiyin emas. Buning uchun bizga faqat banan, tvorog va oddiy yogurt kerak bo‘ladi. Bu tayyorlaniladigan taom juda osonligiga qaramay, juda mazalidir.
Tvorog va ko‘katlardan somsa
Bu tvorogli somsalardan pishirishga, to‘g‘ri biz unchaliki odatlanmaganmiz. Lekin, ikkilanmasdan siz bir marotaba pishirib ko‘ring va juda mazali ta’mdan bahramand bo‘lgan bo‘lasiz.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15