Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda stakanda dasturxonga tortiladigan desertlar retseptlarini taqdim etadi.
Trayfl — stakandagi desert
Stakandagi desert trayfl — bu mazali, chiroyli, qulay, shuningdek, agar uni mikroto‘lqinli pechda tayyorlasangiz, tez tayyorlanadi ham.
Turkcha desert (syutlach)
Syutlach uyda tayyorlanadi va turk restoranlari va kafelarida desert sifatida tortiladi. Bu shirinlikni issiq yoki to‘liq sovutilgan holda tanovvul qilishingiz mumkin.
Meva va yogurtli desert
Mehmonlar va oila a’zolariga bemalol taqdim etsa bo‘ladigan oson va tez tayyorlanadigan desert retsepti. Qolaversa, ushbu desert kichkintoylar va qomati to‘g‘risida qayg‘uradiganlarga ham ma’qul keladi.
Shokoladli muss
Yangi qaymoq va shokoladdan tayyorlanadigan oddiy va mayin desert retseptini taqdim etamiz. Ikki xil shokolad uyg‘unlashuvi shirinlik sevuvchilarga manzur kelishi aniq.
Karamelli krem va marshmellouli desert
Karamelli krem va marshmellouga ega ajoyib va noodatiy desert tayyorlashingizni maslahat beramiz. Ushbu shirinlikni tayyorlash juda oson bo‘lib, uni tayyorlashda bolalarni jalb etib, birgalikda fantaziya qilishingiz ham mumkin.
Krem-bryule
Krem-bryule bu ichi qaynatma krem va usti karamelli ko‘rinishga ega bo‘lgan fransuzcha shirinlik bo‘lib, juda lazzatli ta’mga ega desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mikroto‘lqinli pechda tayyorlangan «Kapuchino» shirinligi
Oddiy mikroto‘lqinli pechda ham mazali desertlardan tayyorlash mumkin. Biz tayyorlagan bugungi shirinlik ham mayin, ajoyib ko‘rinishli va qahva ta’miga to‘yinib pishadi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15