Dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi davom etadi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Harorat foni iqlim me’yorlaridan 8−10° ga ko‘p bo‘ladi va 15−20° iliq, janubda 22−27° iliq atrofida bo‘ladi.

16 fevraldan 18 fevralgacha Eron hududlarining janubidan juda iliq havo kirib kelishi kuchayadi.

18 fevral kuni eng issiq kun bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 13−15° ga ko‘p bo‘ladi va meteorologik kuzatuv davri uchun shu kunlarning mutlaq qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi.

Ish haftasining oxiriga kelib, ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

18−19 fevral kunlarida bosim o‘zgarishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi, 25−30 m/s gacha kuchayishi mumkin.