18−21 fevralda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

18−19 fevralda respublikada shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25−30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

20−21 fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20−21 fevralda havo harorati kunduz kunlari 8−13 daraja iliqqacha, kechalari 2−7 daraja iliqqacha pasayadi.